Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ ICHIDA BO‘L: SEKTOR RAHBARI KARNAYCHI MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
2024-03-15 16:57:39 154
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Anvarjon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Shuningdek, qabulda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.