Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 152 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-03-09 13:37:48    295

PDF yuklash
Chop etish


 

Barchamizga ma’lumki, “Navro‘z” umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar hamda qabristonlarni obodonlashtirish maqsadida hasharlar o‘tkazilmoqda.

Jumaladan, bugun Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Qorashbuvo” qabristonida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Tuman hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari ushbu mahallada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishdilar.

Tuman rahbari mahalla faollariga tegishli ko‘rsatmalar berib, 16-18 mart kunlari o‘tkaziladigan umumxalq hasharini ham huddi shunday ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xar bir fuqaro o‘z xonadoni atrofini obod qilishi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishlari kerakligi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

Shuningdek sektor rahbarlari ushbu mahalla hududida joylashgan “Qorashbuvo” jome masjidida bo‘lib, “Ramazon” oyi davomida xufton namozidan keyin jamoat bo‘lib o‘qiladigan tarovih namozlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga nomoz o‘qilayotgan vaqtlarda jamoat xavsizligini ta’minlash hamda favqulodda xodisalarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.





 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram