Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “ENG NAMUNALI MAHALLA RAISI” ANIQLANDI

×

 2024-03-01 18:07:30    439

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Baland masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovning saralash bosqichida “Baland masjid” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xamidullo Mahmudov birinchi o‘rinni egalab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbir davomida 51 ta mahallalarning mas’ullari ishtirokida seminar ham tashkil etildi. Seminarda ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 380-sonli qarori bilan tasdiqlangan fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil etish, boshqaruv hujjatlarini tayyorlash hamda ularning ijrosini ta’minlash, yig‘inga tushgan hujjatlarni ro‘yxatga olish masalalarini tartibga soluvchi Nizom asosida mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boruvchi doimiy komissiyalar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyatiga oid normativ xujjatlar yuritilishi tartibi hamda mahalla raisi va “ettilik”ning faoliyati bo‘yicha namunaviy xujjatlar bilan tanishdilar.

Tadbirda sektor rahbarlari va tuman hokimining o‘rinbosarlari ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida mahalla hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkor va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan turli hil buyumlar ko‘rgazmasi hamda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Mahalladgi havaskor yoshlar o‘zlarining badiiy chiqishlarini tadbir ishtirokchilariga namoyish etishdi.








 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram