Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-02-29 21:23:44 480
Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Tursunov Qo‘shtepa tumanida bo‘ldi.
Viloyat xokimi o‘rinbosari tumandagi sektor rahbarlari bilan birga ayni kunlarda dalalarda olib borilayotgan yumushlar va dala chetlaridagi tozalov jarayoni bilan tanshidi. Olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashib, mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Mamlakatni 2024 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan muhim vazifalarning Farg‘ona viloyatida ijro etilishi holatini o‘rganish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat guruh bugun Qo‘shtepa tumanida bo‘ldi.
Ishchi guruh tumandagi sektor rahbarlari va tegishli idoralarning rahbarlari bilan Paxtakor mahallasi hududida joylashgan zamonaviy intesiv bog‘da olib borilayotgan ish jarayonlari bilan ham tanishdilar.
Ayni kunlarda tumanimizdagi barcha mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Bugun tuman hokimi va tegishli mas’ullar birgalikda mahallalarda bo‘lib, olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini o‘rgandi. O’rganish davomida mas’ullarga obodonlashtirish borasida o‘zining taklif va vazifalarini belgilab berdi.
Shuningdek, tuman hokimi hududlarda bo‘lgan chog‘ida xalq bilan muloqot qilib, aholi kayfiyati bilan tanishmoqda.
Aytish joizki, aholi muammolarini o‘rganish va o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tumanda olib borilayotgan tizimli ishlar aholiga yengillik va qulayliklar yaratib bermoqda.