Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GERMANIYADA ISHLASH YOKI O‘QISH ISTAGIDA BO‘LGAN YOSHLAR UCHUN O‘QUV SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-02-26 17:01:58    216

PDF yuklash
Chop etish



Kasb-hunarli yoki chet tilini bilgan inson qayerda bo‘lmasin o‘z o‘rnini topa oladi. Farg‘ona viloyatida xorijda munosib sharoitlarda mehnat qilish istagida bo‘lgan yoshlarning chet tili o‘rganishi va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi maqsadida o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, Farg‘onada tashkil etilgan nemis tili markazida ta’lim olgan yoshlarimiz o‘qish yoki ishlash uchun Germaniyaga ketishmoqda.

Endilikda Qo‘shtepa tumanida ham nemis tili kurslari tashkil etiladi. Til o‘rganib, o‘zi tanlagan soha bo‘yicha kerakli ko‘nikmani olgan yoshlar hamda 45 yoshgacha bo‘lganlar yashash va ishlash xuquqini to‘la kafolatlovchi shartnomalar asosida Germaniyaga jo‘natiladi.

Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori A.Xudoyberganov va mutaxassislar ishtirokida tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan o‘quv seminarda ham 100 nafardan ziyod xorijda ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan tashqi migratsiyaning ushbu yo‘nalishi har tomonlama qulay, ishonchli va ikkala davlat tomonidan to‘la kafolatlanganligi to‘g‘risida, qayerda, qanday tartibda til o‘rganish bo‘yicha batafsil ma’lumot ma’lumot berildi. 


 





 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram