Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
2024-02-26 12:54:26 283
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning birinchi, ya’ni tuman bosqichida elektron platformada ro‘yxatdan o‘tgan 22 ta umumta’lim maktabidan 110 nafar o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etdilar.
Har bir ishtirokchi ya’ni maktablarning 5 nafar o‘quvchilaridan iborat terma jamoasi xorijiy tillarni bilish darajasini test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov ochiq va shaffof, adolat mezonlari asosida tashkil etildi.
Tanlovda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirok etib, yoshlarga tanlovda omad, kelgusi o‘qish va ishlarida yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishiga tilaklar bildirdi.
Eslatib o‘tamiz tadbirning tuman bosqichida 3 ta o‘rin mavjud bo‘lib, 1-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 100 mln so‘m pul mablag‘i, 2-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 75 mln so‘m pul mablag‘i, hamda 3-o‘rinni egallagan maktab o‘quvchilari 50 mln so‘m pul mablag‘larini yutib olishlari belgilangan.