Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA “ETTILIGI” FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2024-02-23 11:56:12    357

PDF yuklash
Chop etish


 

Mahalla “ettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda mavjud 51 ta MFY jamoasi ishtirok etdi.

Seminar ishida Respublika Mahallalar uyushmasining vakili S.Murodov MFY dagi “ettilik” xodimlarning “Andijon tajribasi” asosida shakllangan kunlik, haftalik, oylik va chorak davomida amalga oshiriladigan vazifalari yuzasidan ish rejalarini ishlab chiqish, mahalla balansi, “Yo‘l xaritasi”, ijtimoiy mahalla kitobi (mahalla ombori)ni shakllantirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni berdi.

 Mahalla raisi va "ettilik" jamoa faoliyatini samarali tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.

 Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram