Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-02-23 09:21:22 190
Qo‘shtepa tumanidagi Garmdon MFY hududida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quv darslaridan so‘ng yuqori sinf o‘quvchi qizlari va ularning onalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, tuman IIB xotin-qizlar katta inspektori, mayor D.Vaxapova, “Targ‘ibot” va “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupova, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonovalar ishtirok etishdi.
Suhbat jarayonida mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar, tumanda erta turmush va erta tug‘ruqni, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni oldini olish zaruriyati va bu holatlarning salbiy oqibatlari, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yoshlarga singdirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.