Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATIDAN
2024-02-19 16:33:58 371
Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari faoliyatidan aholi mamnun. Tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari samarali faoliyat yuritmoqda.
Bu borada Shodlik mahallasi hokim yordamchisi M.Saidova tomonidan fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, imtiyozli kredit evaziga xonadonlar qo‘ychilik, parrandachilik, asalarichilik bilan shug‘ullanishmoqda. Ishsiz yoshlarga ham kredit ajratilib, ularning ish bandligi ham ta’minlangan.
“Fiberglass” MChJ rahbari E.Xabubulayev 2020 yildan buyon Shodlik mahallasi hududida faoliyat olib bormokda. Tadbirkor turli hil vanna ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, 10 ta ish o‘rni yaratgan.
Hokim yordamchisi tomonidan korxonaning faoliyatini yanada rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rni yaratish maqsadida tadbirkorga 100 million so‘mlik imtiyozli kredit olish uchun tavsiya berildi.