Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKORLARNING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILADI

×

 2024-02-08 19:36:03    443

PDF yuklash
Chop etish


 

“Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-39-son, 23.01.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

“BBB”, “BB” va “B” toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;

“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Reyting bo‘yicha 23 ta mezon belgilandi va ular 3 guruhga bo‘linadi:

10 ta hamma uchun bir xil mezon;

4 ta rag‘batlantiruvchi mezon;

9 ta kamaytiruvchi mezon.

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Shu bilan birga, reytingi past bo‘lgan korxonalar uchun choralar nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;

▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);

▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti.

Bungacha bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Ma’lumotlar real vaqt rejimida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.

Agar soliq to‘lovchining reyting bo‘yicha e’tirozi bo‘lsa, u Soliq qo‘mitasiga murojaat qilishi lozim. Bunda murojaat 1 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

I.Marayimov,

Qo‘shtepa tumani soliq inspektsiyasi boshlig‘i.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram