Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA 2023 YIL DAVOMIDA TUMANDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
2024-01-31 19:06:07 693
Qo‘shtepa tumanida oilaviy ajrimlar hamda jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman IIB, tuman adliya bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari hamda kun tartibiga taalluqli bo‘lgan mas’ullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva 2023 yil yakuni yuzasidan asosiy ko‘rsatkichlar tahlili bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, M.Yuldasheva yig‘ilish ishtirokchilarini 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (prognoz ko‘rsatkichlar) bilan tanishtirdi.
Tahlil asosida oilaviy ajrim va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlashda, xotin-qizlar jinoyati,tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha salbiy natija ko‘rsatgan mahalla xotin-qizlar faollarining hisobotlari tinglandi.
IIB XQ bo‘yicha inspektori M.Vaxapova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimi M.Eminov, tuman bosh imom xatibi A.Axmadaliyev, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupovalar kun tartibidagi masalalar va 2024 yilga hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.