Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-01-30 18:54:47    692

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi.

Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Sessiya davomida Qo‘shtepa tumani prokurori A.Xudoyberganovning “2023-yilning 12 oyida qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurash holati to‘g‘risida”gi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, mayor B.Madaminovning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish” sohasida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2023-yil 12 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotlari eshitildi.

Shuningdek, deputatlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2023 yil 4-choragi davomida, sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil 12 oyida olib borilgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarning axborotlari hamda Qo‘shtepa tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 4-choragi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri I.Akbarovning hisobotini ham tinglashdi.

Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram