Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ MULOQOT: SEKTOR RAHBARLARI OQTEPA MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
2024-01-26 19:16:38 645
Bugun, Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida tumanidagi sektor rahbarlari va tuman xalq qabulxonasining mudiri tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Shuningdek, qabulda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda sektor rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.10 nafrdan ziyod fuqarolarning murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi.
Jumladan, moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan besh nafar fuqarolarning murojaatlari xomiylik mablag‘lari hisobidan joyida ijobiy hal etildi.
Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.