Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BIZ OILAVIY AJRIMLAR VA ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ
2024-01-26 17:16:48 593
Oila – muqaddas qo‘rg‘on
Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining majlislar zalida oilaviy nizolar sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etish hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida “Biz oilaviy ajrimlar va zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Unda Respublika ishchi guruhi vakili Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i M.Nizamova, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, shuningdek mas’ul idoralarning vakillari, MFY xotin-qizlar faollari va “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda mutasaddilar tomonidan oila muqaddasligi, oilada ota-onaning majburiyatlari va undan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar, farzandlar kelajagi muhimligi haqida tegishli tushunchalar berildi.
Ishtirokchilarga “Oila muqaddas dargoh” mavzuda videorolik va sahnalashtirilgan badiiy lavhalar namoyish etildi. Shuningdek, eng ibratli oila vakillari munosib taqdirlandilar.
Tadbir davomida ajrim yoqasidagi oilalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Har bir oila a’zolari birma-bir tinglanib, tushuntirish ishlari olib borildi va ularni yarashtirish chora-tadbirlari ko‘rildi.