Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI QO‘SHTEPA TUMANIDA
2024-01-25 12:59:24 251
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda tumanimiz mahallalarida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy ko‘maklashish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan mahallalarda muammolar o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, bugun “Qiyqi” mahallasida bo‘lgan Respublika ishchi guruhi a’zolari
tomonidan mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholi ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi bir qator masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, ishchi guruhi a’zolari tumandagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida va G’ishtmon QVPda ham bo‘lishdi.
O’rganishlar jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi va topshiriqlar berildi.