Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MEHR BERSANG, TOMORQA DAROMAD MANBAI
2024-01-25 08:56:53 251
Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod MFYda yashovchi Baxromjon Mamasiddiqovga mahalla hokim yordamchisi Sh.Raxmonovning tavsiyasiga asosan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik yo‘nalishida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida 15.4 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan naslli tovuqlar olib berilib, bandligi ta’minlangan edi.
Bugungi kunda tadbirkor faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida o‘z xonadonida issiqxona ham tashkil etdi. Natijada oila a’zolarining bandligi ham ta’minlandi. Hozirda issiqxonada yetishtirilayotgan rediska, ismaloq hamda ko‘katlar peshma-pesh bozor va savdo do‘konlariga yetkazib berilmoqda. Oila a’zolari esa mehnatlariga yarasha mo‘maygina daromad olmoqdalar.