QO‘SHTEPA TUMANIDA SAYYOR SUD MAJLISLARI O‘TKAZILDI
×
2024-01-24 19:02:19 269
PDF yuklash
Chop etish
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida sayyor sud majlislari o‘tkazildi. Sayyor sud majlisida Marg‘ilon shahar, Oltiariq hamda Qo‘shtepa tumanlari IIB Probatsiya bo‘limlari hisobida turuvchi mahkumlar hamda boshqa fuqarolar qatnashdi.
Sayyor sud majlisi davomida Qo‘shtepa tuman IIB Probatsiya bo‘limi hisobida turib axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan 1 nafar mahkumning jazo turi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
Shuningdek, munosib xulq-atvorda bo‘lib, mehnatga halol yondashib tuzalish yo‘liga o‘tgan 14 (o‘n to‘rt) nafar mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Bundan tashqari, sayyor sud majlisida 2 (ikki) nafar shaxsga nisbatan giyohvandlik moddalarini qonunga hilof ravishda saqlashga oid 2 (ikki) ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 nafariga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi hamda 13 (o‘n uch) ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilib, qonuniy va adolatli qarorlar chiqarildi.