Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA DAVLAT XIZMATCHILARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
2024-01-17 15:14:56 558
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oyligi o‘tkazilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 53-moddasiga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchisini ijtimoiy jihatdan himoya qilish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi alohida kafolatlangan.
Shu kunlarda viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar hamda tuman va shahar hokimliklarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ushbu oylik doirasida Qo‘shtepa tumani hokimligi apparat xodimlari ham tumandagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Mazkur tibbiy ko‘rik jarayonida qator mutaxassis shifokorlar tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari sog‘ligining barqarorligi ko‘zdan kechirilib, tibbiy tahlillar va yuzma-yuz muloqotlar asosida ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.