Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BALAND MASJID MAHALLASINING INFRATUZILMASI YANADA YAXSHILANMOQDA
2024-01-17 09:40:06 509
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Baland masjid mahallasining infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 7.5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xususan, ushbu mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 4.302 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, loyiha doirasida 12.8 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 1 ta suv minorasi o‘rnatish, mavjud 1 ta suv minorasini rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, hozirda mahalladagi Navro‘z, Ma’rifat, Sayilgoh, Bodomzor, Ziyo, Baland masjid, Rovvot, Norin, Maktab, Olamgir, Navquron ko‘chalarining 12 kilometr 800 metr qismini asfaltlashtirish uchun amaliy ishlar boshlandi.