Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
8 YANVAR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TASHKIL TOPGAN KUN
2024-01-08 14:08:45 271
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.01.1992 yildagi PF-314-son Farmoniga asosan O’zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi:
—O’zbekiston Respublikasining huquqqa doir siyosatini o‘tkazishda respublika davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
—respublika organlari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
—tegishli huquqiy masalalarni yechish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish chog‘ida Prezident manfaatlarining ifodachisi bo‘ladi;
—boshqa davlatlarning sudlarida tomonlardan biri O’zbekiston Respublikasi bo‘lgan nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida O’zbekiston Respublikasidan vakillik qiladi.
Mazkur kun munosabati bilan Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi jamoasi adliya organlarini samimiy muborakbod etadi.
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi jamoasi.