Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 766 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRI O‘TKAZILDI

×

 2024-01-04 16:59:12    336

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida Qo‘shtepa tumani Borot hamda Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ma’naviyat bo‘linmasi rahbari D.Xoliqov, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori N.Ergasheva, Oziq-ovqat texnalogiyasi va muhandisligi xalqaro instituti o‘qituvchisi A.Jo‘rayev hamda mahalladagi faollar va yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi paytda yurtimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar samarasi, shuningdek, aholimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori N.Ergasheva o‘zining vatanni madh etuvchi she’rlaridan o‘qib berdi.  

Xususan,  50-umumta’lim maktabida Quvirboshi mahallasi fuqarolari uchun o‘tkazilgan tadbir ham bayramona shukuh bilan o‘tkazildi.

Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva va “Istiqbol yo‘li” gazetasi qoshidagi “G’uncha” adabiy to‘garagi rahbari T.O’rinovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan musiqiy dastur namoyish etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram