Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 898 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA DUV-DUV GAP

×

 2024-01-04 12:53:26    319

PDF yuklash
Chop etish


Yangi hayot uchun - Yangi O’zbekiston uchun!

Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va dahldorligini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Yangi do‘kon mahallasidagi 15-umumta’lim maktabida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, “Ismoil Buxoriy” masjidi imom-xatibi A.Mirsaidov, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro insituti o‘qituvchisi A.Madaminov, mahalla mas’ullari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi yillarda butunlay yangicha qiyofa kasb etayotgan ushbu maskanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati haqida ta’kidlab o‘tdilar.  

Shuningdek, tadbir davomida O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Jadidlar” she’ri 15-umumta’lim maktabining direktor o‘rinbosari X.Matkomilov tomonidan o‘qildi va ishtirokchilarda juda katta taassurot uyg‘otdi. Bir so‘z bilan aytganda “Mahallada duv-duv gap” tadbiri bayramona shukuh bilan o‘tkazildi.















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram