Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“MEHR DAFTARI”DAGI YOSHLARNING ORZU ISTAKLARI AMALGA OSHIRILDI
2023-12-29 17:22:10 382
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday bolalar muammosi va qiziqishlarini hal etish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu “Yo‘l xarita”si doirasida aniq chora-tadbirlar va amaliy ishlar rejasi ham ijroga yo‘naltirilgan.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizda istiqomat qilayotgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga Yangi yil bayrami arafasida quvonch ulashdi.
Tuman hokimi I.Novikov bolajonlarga jihozlarni topshirar ekan, ularni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi.
Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida “Mehr daftari”ga kiritilgan 5 nafar o‘g‘il-qizlarga ularning orzu istaklarini amalga oshirish maqsadida tikuv mashinalari, sport bilan shug‘ullanishi uchun press, brus, turnigi bo‘lgan sport jihozi va boks qopi hamda noutbuk o‘z egalariga topshirildi. Shuningdek ularning bir nafariga sog‘ligini tiklashi va davolanishi uchun mablag‘ o‘tkazib berildi.