Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 671 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA BOLAJONLAR UCHUN YANGI YIL BAYRAMI TADBIRI TASHKIL ETILDI (FOTO)

×

 2023-12-27 16:35:39    185

PDF yuklash
Chop etish



“Yangi yil bayrami” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ehtiyojmand oilalarning farzandlari uchun teatrlashtirilgan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda sektor rahbarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Yuz-ko‘zlarida quvonch va shodlik, o‘zlariga ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tibor hamda g‘amxo‘rlikdan mamnunlik ifodasi balqigan bolajonlar ishtirokida o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov barchani bayram bilan qizg‘in qutladi.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida 700 nafardan ziyod bolajonlarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan bolajonlar uchun qiziqarli tomosha va sahna ko‘rinishlari namoish etildi. Bolajonlarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlari bayram tadbiriga o‘zgacha fayz kiritdi. Bolalar turli ertak qahramonlari bilan birga qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushdilar.



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram