Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUNOSABAT
2023-12-27 08:53:49 286
Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda munosib o‘rnini egallashi uchun juda ko‘p chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Respublikamiz aholisining qariyb yarmini xotin-qizlar tashkil etishini hisobga olgan xolda xotin-qizlar masalalari nafaqat Qo‘mitaning balki jamiyatimizning barcha a’zolariga, sohalariga va mutasaddilariga taalluqli ekanligini ta’kidlash joizdir.
Joriy yilning 21-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan ikkita muhim xujjat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi №PF-208 sonli Farmon va “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi № PQ-401 sonli Qaror xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vazirlik va idoralar hamda nodavlat tashkilotlari o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritishlariga ko‘maklashishga asos bo‘ldi.
Bugungi kunda xotin-qizlarni kasbiy ko‘nikmalarni olishlariga, munosib ish topishlariga ko‘maklashishga, tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratildi.
Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash orqali jinoyatchilik, boqimandalik va oilaviy ajrim kabi salbiy oqibatlarni olishga erishamiz.
Ayollari e’zozlangan yurtning kelajagi buyuk bo‘ladi. Mustaqil Vatanimizning ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish biz kabi xotin-qizlarning muqaddas burchimizdir va soha vakillari sifatida yurtboshimiz tomonidan bizga ko‘rsatilgan e’tibor, bildirilgan ishonch va shu bilan birga yuklatilgan mas’uliyatni albatta oqlaymiz!
Maryamxon Yuldasheva,
Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.