Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA OMMAVIY DIKTANT TASHKIL QILINDI
2023-12-26 12:59:55 303
O’zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeini tubdan takomillashtirish maqsadida Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar ishtirokida ommaviy diktant yozish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbrda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi S.Tongotarova so‘z olib, so‘nggi yillarda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda alifbo islohotlari masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Ushbu tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan asosiy maqsad barcha darajadagi davlat xizmatchilarining yozma savodxonligini rivojlantirish hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘laqonli amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.