Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ead40859893d4d00b66c9.jpg)
2023-12-26 12:20:43 251
![](https://telegra.ph/file/ead40859893d4d00b66c9.jpg)
Yangi yil bayrami bolajonlarning sevimli bayramlaridan biridir. Beg‘ubor mittivoylar bilan bayram shukuhini his etadi kishi.
Qo‘shtepa tumanidagi 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi “Boychechak” guruhi bolajonlari ishtirokida “Yangi yilim - yaxshi yilim” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bolajonlarning turli obrazlardagi chiqishlari-yu go‘zal kuy-qo‘shiqlar hamda ajoyib raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Qorbobo va Qorqiz tomonidan bolajonlarga sovg‘a-salomlar ulashildi.
Bayram tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.
![](https://telegra.ph/file/25e2e1a82599ea4330d31.jpg)
![](https://telegra.ph/file/c50f38e031aaa80e7e5bc.jpg)
![](https://telegra.ph/file/9c44346124cef462cebef.jpg)