Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-12-25 09:33:14 272
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi Eshonguzar MFY, Gulzor ko‘chasidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4898-sonli qaroriga asosan Eshonguzar MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 2023 yilda ushbu mahallada 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, Shijoatkor ko‘chasidagi 1 dona mavjud tik ichimlik suvi qudug‘ini ta’mirlash, 2 dona yangi suv minorasi va 2 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 2 dona suvni yumshatish uskunasi, 2 dona TP o‘rnatish, hududni muxofaza devori bilan o‘rash hamda 19.0 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Barkamol ta’mir butlash” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qurilish tashkiloti tomonidan loyihada ko‘rsatilgan ishlar bajarilgan bo‘lib, hozirda 2 dona suvni zararsizlantirish uskunasi va 2 dona suv nasosi o‘rnatish, elektr ta’minotiga ulash ishlari olib borilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.