Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
UY TEKSTILIDA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN BEJIRIM VA CHIROYLI MAHSULOTLAR YUQORI SIFATI BILAN XARIDORLARGA MANZUR BO‘LMOQDA
2023-12-22 11:19:11 563
Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarining joriy etilishi mahalladagilarning shaxsiy hayotiga ham o‘zgarish va yangilanish olib kirdi. Ayniqsa, ehtiyojmand, kam ta’minlangan va “Ayollar daftari”da turuvchi 20 nafar ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga subsidiya asosida tikuv mashinalari va pishiriq pechlarining berilishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlarning ajratilishidan ayollarning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi.
Xususan, shomirzalik Muxayyoxon Fozilova o‘z uyida kichik bir tekstil tashkil qilish maqsadida, zamonaviy dastgoh sotib oldi. Lekin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yana bir oz mablag‘ kerak edi. Mahalladagi hokim yordamchisi Sherzodbek Sultonovning tavsiyasiga ko‘ra 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, tikuv mashinalari hamda kerakli ma’sulotlarni harid qildi.
O’zining hunarmandchilik faoliyatni yo‘lga qo‘ygan Muxayyoxon qisqa fursat ichida dastgohdan foydalanishni o‘rganib oldi va ichki bozor talabiga ko‘ra turli o‘lchamdagi sochiqlar, shuningdek kiyim-kechaklar ishlab chiqara boshladi. Qolaversa ishsiz 4 nafar mahalladoshlariga ham ish berdi. Xozirda uy tekistilida ishlab chiqarilayotgan bejirim va chiroyli mahsulotlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.
Darhaqaqat, har qanday biznes faoliyat kichik ishlab chiqarish jarayonidan boshlanishi tajribada ko‘p sinalgan. Muxayyoxon ham kelajakda shu kichik ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va mahalladagi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash niyatida.