Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 943 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI (FOTO)

×

 2023-12-21 15:23:52    583

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimi Ilyosbek Novikovning tumanimiz yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tumandagi sektor rahbarlari va 450 nafardan ziyod turli sohalar vakillari bo‘lgan faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov uchrashuvda so‘z olib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tuman rahbari 2023-yilda yoshlar borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, natijalar hamda kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yil davomida musobaqalar, tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar tuman hokimining tashakkurnomasi  hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Yoshlar daftarida”gi 10 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga mehnat qurollari ham topshirildi.

Tadbir davomida Farg‘ona Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari va Orkestir jamoasi hamda tumanimizdagi iqtidorli  o‘quvchilar o‘zlarining chiqishlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram