Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SO‘RAGAN EDINGIZ
2023-12-18 11:01:18 390
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish qanday amalga oshiriladi?
Ushbu savolga Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Elmurodjon Abdukarimov javob beradi.
- O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’RQ- 611 sonli qonunining 21 moddasiga asosan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati Aholini ro‘yxatga olish dasturi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu dasturda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, yoshi, jinsi, millati, fuqaroligi, yashash joyi, tillarni bilishi, ma’lumoti, nikoh holati, bolalarining soni, uy xo‘jaligi tarkibi, uy-joy sharoitlari, bandligi, yashash uchun mablag‘lar manbalari, ichki va tashqi migratsiya kabi savollar o‘z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Aholini ro‘yxatga olish dasturiga qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin.
Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatga olish varag‘ining shakllari Aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar maxsus vakolatli davlat organiga aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘maklashadi. Bundan tashqari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishga va uni o‘tkazishga ko‘maklashishi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish jarayonida ishtirok etishi va joylarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.