Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2023-12-17 10:08:54 386
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Yangi do‘kon mahallasidan berilgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qaroriga asosan Yangi do‘kon MFY xududida yashovchi aholi xonadonlarini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 2023 yilda hududda 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 1 dona suvni yumshatish uskunasi, 1 dona TP o‘rnatish, xududni muxofaza devori bilan o‘rash hamda 5.0 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini bajarish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari “FERGANA EVE MARIYA UNIVERSAL SERVICE” MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Qurilish ishlari jaryonida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona yangi suv minorasi va 1 dona yangi suv nasosi o‘rnatish, 1 dona suvni yumshatish uskunasi, 1 dona TP o‘rnatish, xududni muxofaza devori bilan o‘rash hamda 5.0 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari yakunlangan.
Qurilish tashkiloti tomonidan loyihada ko‘rsatilgan 2 dona tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatilmaganligi, obodonlashtirish ishlari hamda ichimlik suvi tarmog‘i sinovdan o‘tkazish ishlari yakunlanmaganligi sababli vaqtincha ichimlik suvi yetkazib berilmayotganligini, kamchiliklar qisqa fursat ichida bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.