Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” TASHKIL ETILDI
2023-12-16 09:40:35 721
Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida aholi turmush tarzini yaxshilash, ishlash istagida bo‘lgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mehnatga layoqatli ishsiz shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan ishsiz yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 21 ta korxona-tashkilot hamda xususiy korxonalar va tadbirkorlar 200 ta mavjud bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari, shuningdek ishlab chiqarilgan maxsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar.
Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov ishtirok etib, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ish topishda qiynalayotgan fuqarolar, mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlashda zarur va ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 150 nafarga yaqin ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar va ishsiz yoshlar ishtirok etgan mehnat yarmarkasida 40 nafarga yaqin yoshlar kasb-hunarga o‘qishlari uchun monomarkazlarga hamda doimiy ish o‘rinlariga jalb etildi.