Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VAZIR MASLAHATCHISI QO‘SHTEPA TUMANIDA BO‘LDI
2023-12-12 14:00:44 604
Bugun, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev Qo‘shtepa tumanidagi o‘quv muassasalariga tashrif buyurdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev, tuman hokimi Ilyosbek Novikov hamda mas’ul idoralarning rahbarlari birgalikda dastlab 11-IDUMda bo‘lib, maktabdagi dars jarayonlari bilan tanishdi. Maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan yaqindan suhbatlashib, fikr almashdi. Shuningdek, maktabdagi qish mavsumiga tayyorgarlik xolati ham vazir maslahatchisining e’tiboridan chetda qolmadi.
Shundan so‘ng tumandagi 36-DMTTda bo‘lgan vazir maslahatchisi muassasada tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, mas’ullarga o‘zining tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.