Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 865 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2023-12-10 18:14:47    682

PDF yuklash
Chop etish



Mamlakatimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan   Qo‘shtepa tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov, sektor rahbarlari hamda tumanimiz qishloq xo‘jaligi sohasi ilg‘or vakillari ishtirok etdilar.

Bayram tantanalarida tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘zga chiqib, joriy yilda tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari, sohani innovatsion rivojlantirish, klaster usulini amaliyotga  keng tadbiq etish, hududlarning eksport imkoniyatlarini oshirish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga to‘xtalib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. 

Bayram tantanalarida qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Bir guruh tumandoshlarimizga ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda san’atkorlar ijrosidagi bayram dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram