Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI – OGOHLIKKA CHORLAYDI!
2023-12-06 08:07:23 491
Qo‘shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari va ishchi guruh bilan hamkorlikda tuman hududida joylashgan yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar saqlanadigan hamda foydalaniladigan ob’ektlarda o‘rganishlar olib borildi. O’rganishlar davomida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, is gazidan, shuningdek sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi hamda gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ob’ekt rahbar va ishchi xodimlariga zaruriy tavsiyalar berildi.