Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 757 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-12-05 14:52:06    412

PDF yuklash
Chop etish


 

Mehrga muhtoj oilalarni yo‘qlash, ularga yordam ko‘rsatish xalqimizning qon-qoniga singgan eng azaliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bayram arafasida bu kabi mehr-muruvvat xayriya tadbirlarining ko‘lami yanada ortadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga muruvvat ko‘rsatishdek xayrli amallar keng quloch yoygan. 

Barcha mahallalarda tashkillanayotgan saxovat tadbirlari va yo‘qlovlarda yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand oilalar vakillariga muruvvat ko‘rsatilib, ko‘ngillarga shodlik ulashilmoqda.

Jumladan, Istiqlol mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor, “Anas elektroniks” MChJ rahbari Xabibullo Abdullayevning tashabbusi bilan 13 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari tumanimizda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ keksalar, shuningdek boquvchisini yo‘qotgan, extiyojmand yordamga muhtoj 180 oilaning uylariga yetkazib berilmoqda.

Bugun, Istiqlol mahallasida tashkil etilgan saxovat tadbirida 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i Inomjon Marayimov va tadbikor Xabibullo Abdullayev, shuningdek, mahallaning mas’ullari ishtirok etishdi.
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram