Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” DASTURI AMALDA

×

 2023-12-04 09:43:26    232

PDF yuklash
Chop etish



Jarayon

Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.

Joriy yil 1-7 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul  qiliinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Shomirza mahallasida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot,  ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash borasidagi say- harakatlar ham davom etmoqda. Xususan, aholiga ichimlik suvi tortish maqsadida amalga oshirilayotgan qo‘shimcha loyihaga ko‘ra jadal sur’atda ish olib borilmoqda. Qo‘rg‘oncha qabristoniga esa mahalla ahlining tashabbusi va xomiyligida ziyoratchilar uchun ichmlik suvi tarmog‘i tortish maqsadida olib borilayotgan ishlar ham davom etmoqda. Vatanparvar ko‘chasiga ham aholi xomiyligida va hashar yuli bilan shag‘al yotqizilib, Chinobod ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib borildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram