Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HECH KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA EMAS!
2023-12-02 16:26:51 422
3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan yo‘qlov tadbirlari davom etmoqda
BMT Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrda 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilingan. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlar har yili maxsus kun sharafiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazadi.
Qo‘shtepa tumanida ham sana munosabati bilan tadbirlar, xayriya aktsiyalari va turli loyihalar o‘tkazilmoqda. Tuman hokimligi tomonidan ko‘ngli yarim hamyurtlarimizni xolidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy jihatdan ko‘mak berish ishlari olib borilib, ko‘plab xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun ana shunday yo‘qlov tadbirlari “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza MFY hududida ham o‘tkazildi. Tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ullari hamda MFY vakillari ijtimoiy yordamga muxtoj keksa va nogironlarning holidan xabar olishdi. Sana munosabati bilan ularning har biriga bayram sovg‘alari ulashildi.