Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” MEZONLARI JORIY ETILAYOTGAN SHOMIRZA MAHALLASIDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-12-01 15:51:50 328
Qo‘shtepa tumanidagi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza MFY hududidagi 2-son kasb-hunar maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
31-yilligi” munosabati bilan “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” bosh g‘oyasi ostida madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.Xoliqov hamda Adliya bo‘limining mas’ul xodimi G’.Mo‘ydinovlar ishtirok etishdi.
Darhaqiqat yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Davra suhbati davomida ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning mazmuni, mohiyati, ahamiyati hamda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” ekanligi to‘g‘risida fikr yuritildi.