Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” DASTURI AMALDA!
2023-12-01 12:28:05 342
Qo‘shtepa tumanidagi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza MFYda sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha tuman shtabi tarkibi a’zolari, shuningdek tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi I.Novikov tomonidan 1-7 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qiliinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat “Konstitutsiya haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar xususida so‘z yuritilib, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.