Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI, DAVRA SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/284709b51dc6271c3bcad.jpg)
2023-12-01 08:46:08 165
![](https://telegra.ph/file/284709b51dc6271c3bcad.jpg)
Jumladan tumandagi Qizilariq, G’ishtmon, Yo‘ldoshobod va Oqtepa mahallari xududlaridagi maktablarda xotin-qizlar ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aktsiyasi doirasida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi o‘rni, milliy an’ana va qadriyatlarni e’zozlash, kiyinish va muomila madaniyati kabi masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirlarda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin -qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, tuman IIB XQB katta inspektori mayor D.Vaxapova, Oqila ayollar harakati rahbari D.Yusupova va bosh otinoyi M.O’rmonovalar ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/29588ffb17d697ca4816a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/7c5786474482929f9b3be.jpg)