Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
1 DEKABR — BUTUNJAHON OITSGA QARSHI KURASH KUNI!
2023-12-01 08:39:46 343
Har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.
OIV infektsiyasiga tekshiruv barcha davolash profilaktika muassasalarida va OITSga qarshi kurashish markazlarida o‘tkaziladi.
OIV infektsiyasini erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash OITS kasalligining rivojlanishini oldini oladi hamda atrofdagilarga yuqish xavfini kamaytiradi.
Oilangizga va turmush o‘rtog‘ingizga vafodor bo‘ling!