Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KONSTITUTSIYA – XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI!”

×

 2023-11-30 16:52:38    314

PDF yuklash
Chop etish


 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan tarixiy sananing 31 yilligi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ma’naviy ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari uchun o‘tkazilgan davra suhbatida Qo‘shtepa tumani hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.Xoliqov hamda Adliya bo‘limining mas’ul xodimi G’.Mo‘minovlar ishtirok etishdi.

Darhaqiqat yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Davra suhbati davomida ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning mazmuni, mohiyati, ahamiyati hamda “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” ekanligi to‘g‘risida fikr yuritildi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram