Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” AKTSIYASI DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-11-30 16:17:00    315

PDF yuklash
Chop etish




BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, sifatida belgilangan.

2014 yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Aktsiya doirasida Qo‘shtepa tumanidagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida seminar-trening va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.






Bugun tumandagi Madaniyat markazida “Siz biz uchun qadrlisiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu loyiha doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda  zo‘ravonlikka uchragan, ayrim sabablarga ko‘ra alohida hisobga olingan va turmush zarbalariga duch kelgan xotin-qizlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari K.Kavlonova, viloyat IIB XPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i mayor D.O’rinova, viloyat “Xotin-qizlar o‘quv markazi” rahbari D.Mexmonova hamda tuman hokimligining mas’ul rahbarlari va hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.





Tadbir davomida xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Xotin-qizlar shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi viloyat bo‘limi tomonidan beminnat dori-darmon va qo‘shimcha biologik faol oziq-ovqatlar bilan ta’minlandilar. Shuningdek, ishtirokchilarga psixolog va huquqshunos maslahati xizmatlari ham ko‘rsatildi.





Davra suhbatida so‘z olganlar xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo‘ravonliklarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilishda ayollarning muammolari haqida o‘z vaqtida xabar topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga e’tibor qaratish lozimligi haqida so‘z yuritdilar. Zo‘ravonlik va uning turlari, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari haqida tushunchalar berilib, har qanday zo‘ravonlikni oldini olish, undan jabr ko‘rganlarga huquqiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda himoya orderlarini berish orqali oilalar tinchligi va totuvligi ta’minlash borasida ma’lumotlar taqdim etildi.

Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilarning takliflariga ko‘ra bu turdagi suhbat, trening va uchrashuvlarni har bir tashkilot, muassasa va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tizimli ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram