Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA
2023-11-29 15:14:05 438
Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha asosida har yili O’zbekistonda ona yer bag‘riga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda o‘ziga xos qadriyat sifatida namoyon bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Qo‘shtepa tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar, aholi xonadonlari, yo‘l chetlari va belgilangan maydonlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, yashil maydonlarni kengaytirish ishlari jadallik bilan tashkil etilmoqda.
Xususan, tuman hokimligi, O’zbekiston Ekologik Harakati, tuman ekologiya bo‘limi xodimlari, deputatlar hamda O’zbekiston ekologik partiyasi faollari, shuningdek “Do‘rmon” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida belgilangan hududda daraxt ekish tadbiri tashkillandi. Ushbu harakatlar tufayli ushbu hududga 200 dan ortiq manzarali safora ko‘chatlari ekildi.