Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2023-11-24 11:30:24 478
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi amalda
Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.
Bugun Shomirza mahallasida tumandagi sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha tuman shtabi tarkibi a’zolari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari va ma’sul xodimlari hamda Shomirza MFYning mutasaddilari, shuningdek tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi I.Novikov tomonidan joriy yil 1-7 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qiliinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlaridan iborat “Konstitutsiya haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar xususida so‘z yuritdi.
Mas’ullarga “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza mahallasida O’zbekiston Respublikasi Konistituttsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish haqida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.