Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” DASTURI AMALDA
2023-11-23 19:17:33 431
Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ham aynan Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida olib borilgan ishlar xususida bo‘ldi.
Yig‘ilishda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ishchi guruh a’zolari va mahallaning mas’ullari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida tuman hokimi Ilyosbek Novikov Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida shu kungacha bajarilgan va bajarilishi lozim ishlar haqida ma’lumot berdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muloqot qilib, o‘zining tavsiyalarini aytib o‘tdi.