Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA
2023-11-23 15:15:38 325
Qo‘shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida turli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan bugun tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda sohaga daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kelajak bog‘i” firmasiga qarashli xususiy bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga rioya qilish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.