Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA “KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” DOIRASIDA SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
2023-11-23 11:55:27 279
Viloyat hokimining 2023 yil 17 noyabrdagi “Viloyat hududida korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 2023 yil 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.
Ushbu oylik dasturi doirasida bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida barcha darajadagi huquqni muhofaza qiluvchi organ hamda davlat xizmatiga aloqador bo‘lgan xodimlar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Davlat idoralarida korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan ushbu targ‘ibot tadbirida tuman hokimi I.Novikov, viloyat hokimligi korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Nugmanov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Mamarasulov, viloyat Adliya boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi R.Qirg‘izov, viloyat IIB TQX JIB korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili mayor R.Abdullayev hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Mamadaliyevlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
Shuningdek, ma’ruzachilar o‘z so‘zlari davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida fikr yuritar ekanlar, bugungi kunda, afsuski, ayrim davlat xizmatchilari orasida ham ish faoliyatida davomida turli korruptsion holatlarga yo‘l qo‘yayotganlar borligini aytib, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun barchaga birdek javobgarlikning muqarrarligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Seminar-trening davomida ishtirokchilar mutaxassislardan mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.